Telegram-bot Virtual qabulxona

31.03.2023

Uy uchun to'langan 29 million 600 ming so'm iste'molchiga qaytarildi

Hozirgi kunda har bir shahar, tuman, hattoki, chekka-chekka qishloqlarda ham yangi dizayndagi uylar va zamonaviy binolarga ko‘zingiz tushadi. Lekin ko‘zni qamashtiruvchi bunday uylarning qurilish jaroyini qanday amalga oshirilgani va ishlatilgan xomashyolarning nechog‘lik talabga javob berishini faqatgina shu uylarni xarid qilgan fuqarolargina bilishadi xolos.

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 24-mart kuni Zarafshon shahar 12-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.A. tomonidan o‘g‘zaki ariza kelib tushgan. Unga ko‘ra, fuqaro Zarafshon shahri hududida ko‘p qavatli turarjoylarni qurayotgan qurilish firmalarining biridan №55 sonli shartnoma orqali 2 xonali 82 kv/m uyni 213 200 000 so‘mga sotib olishga kelishib, 29 600 000 so‘mni to’lagan. Ammo qurilishning sifati pastligi hamda og‘zaki kelishuvda keltirilgan muddatlarda topshirilmagani sababli, ushbu uy uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish maqsadida jamiyatga murojaat qilgan.

O‘rganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan muammolar o‘z isbotini topdi, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan qurilish firmasi rahbaryati hamda mutasaddi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunining tegishli moddalari tushuntirilishi natijasida, qurilish firmasi tomonidan fuqaroga 27-mart kuni uy uchun to‘langan 29 600 000 so'm to’liq shaklda qaytarib berildi.

                                                                     


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00