Telegram-bot Virtual qabulxona

11.07.2024

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro shaharda joylashgan “Kitoblar Olami” savdo majmuasidagi mobil texnikalar doʼkonidan 5 000 000 soʼmga “Iphone 12 pro max” smartfoni va quvvatlagichini xarid qilgan. Uyda telefon qurilmasini quvvatlash mobaynida nosozlik yuzaga kelgan. Tadbirkorga holat bildirganida ustaga yoʼnaltirgan. Natijada, isteʼmolchi ortiqcha xarajat qilishga majbur boʼlgan va Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.

Buxoro viloyat hududiy birlashmasi ijrochi direktori А.Аxmadov hamda birlashma mutaxassisi I.Karaev murojaatni tez fursatda oʼrganib, ijobiy hal etishdi va isteʼmolchiga toʼlagan toʼlovi toʼliq qaytarildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00