Telegram-bot Virtual qabulxona

23.11.2023

Fuqaroni 2 yil sarson qilgan muammoga barham berildi

Xatirchi tumani "Madaniyat" MFYda yashovchi fuqaro M.B. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza kelib tushgan.
 
Unda bayon etilishicha, fuqaro 2021-yilda tumandagi "Oybek-2019" oilaviy korxonasidan 3 000 000 so‘mga 1000 dona shlakoblok sotib olgan. Ammo uni xonadoniga olib kelgach, mahsulot sifatsiz ekanligi ma'lum bo'lgan. Bu masalada korxona rahbariyatiga ko‘p marotaba murojaat qilsa-da, mas’ullar e'tirozlarni e'tiborsiz qoldirishgan.
 
Tuman jamiyati tomonidan holat o'rganilib, "Oybek-2019" OK mas'ullariga tegishli qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, korxona rahbariyati tomonidan fuqaroning 3 000 000 so‘mlik shlakoblok mahsuloti yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00