Telegram-bot Virtual qabulxona

23.09.2021

Ishga boʻlgan loqaydlik: qariyb 15 million soʻm isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bong urib aytilayotgan holatlar hali hamon oʻz nihoyasiga yetgani yoʻq. Xoh u noreal qarzdorlik boʻlsin, xoh nosozligi aniqlangan mahsulot, yoki elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi muammolar barchasi bugungi kunning asosiy masalalari qatoridan oʻrin egallagan. Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaga ham mazkur holatlar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan biri, Fargʻona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro V.Qoraboyev tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha fuqaro yashash manziliga bir necha oy oldin yangi va zamonaviy elektr hisoblagich oʻrnatilgan, isteʼmolchi elektr energiyai uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelayotgan boʻlishiga qaramasdan unga nisbatan 14 mln. 596 ming. 465 soʻm qarzi borligi toʻgʻrisida xat kelgan. Isteʼmolchi esa bu borada “Hududiy Elektr tarmoqlari” korxonasiga bir necha marotaba qarzdorlikni qayta koʻrib chiqish, kvitansiyalar bilan kompyuterdagi maʼlumotlarni bir-biriga solishtirishni  soʻragan boʻlsada, turli vajlar orqali murojaat oʻzrinsiz qolganini aytib oʻtgan.
Isteʼmolchi murojaati oʻrganilganda haqiqatan ham fuqaro yashash xonadoniga bir necha oy ilgari yangi, zamonaviy, aqlli elektr hisoblagich oʻrnatilganligi, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirib kelinayotganligi maʼlum  boʻldi. Dastlabki hisob-kitoblar isteʼmolchida noreal qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlandi.
Tuman elektr taʼminoti korxonasidan olingan javob xati esa buni tasdiqladi. Xat mazmuni esaquyidagicha “Aniqlanishicha, Buvayda tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan fuqaro V.Qoraboyevning yashash xonadonida mavjud boʻlgan hisoblagich koʻrsatkichini amaldagiga nisbatan notoʻgʻri kiritilishi oqibatida, 14 596 465 soʻm miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan”.
Natijada, noreal qarzdorlik boʻyicha xatlov dalolatnomasi rasmiylashtirilib, xonadon shaxsiy hisobvaraqasidan chiqarib yuborilishi erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00