Telegram-bot Virtual qabulxona

22.02.2024

Bekor qilingan buyurtma toʻlovi iste’molchiga qaytarildi

Fuqaro A. B. 27-yanvar sanasida "Orientwiss Tashkent" MCHJ QK ga qarashli "ZoodMall&ZoodPay" ilovasi orqali avtosignalizatsiya uskunasiga buyurtma bergan va plastik karta orqali 1 660 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Oradan bir necha kun o'tib, ma'lum bir sabablarga ko'ra, buyurtmani bekor qilgan. Ammo uskunaga to'langan summa iste'molchiga qaytarilmagan. 

Shu sababdan, 2024 yilning 8-fevral  sanasida fuqaro Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ariza qoldirgan.

Murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan toʻliq tartibda oʻrganilib, "Orientwiss Tashkent" MCHJ QK ga qarashli "ZoodMall&ZoodPay" rahbariyatiga holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. O'rganish natijasiga ko'ra, murojaat ijobiy hal etilib, iste'molchi to'lagan pul mablag'i qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00