Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2025

Iste'molchi foydasiga sud orqali 63 million so'm undirildi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro A.T. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, iste’molchi A.T. 2023-yil 24-iyunda "O. S." MCHJ bilan shartnoma tuzgan bo'lib, MChJ Buxoro shahar "Moxitobon" ko’chasidagi ko'p qavatli uyni shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan muddatda qurib bitkazishi, fuqaro esa mazkur binoning 3-qavatida joylashgan, umumiy maydoni 87 m2 bo'lgan 3 xonali xonadonni qabul qilib olish va shartnomada kelishilgan narxni to’lash majburiyatini olgan hamda avans sifatida 50 000 000 so’mni MCHJ bank hisobraqamiga ko’chirib bergan. Qolgan summani esa jadval asosida to'lab borishi belgilangan. Ammo oradan bir necha yil o'tgan bo'lsa-da, MCHJ majburiyatini bajarmagan, ya'ni xonadon qurib bitkazilib, iste'molchiga topshirilmagan.

Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan A.T. ning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqini tiklash uchun FIB Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, da'vo talabi qanoatlantirildi. Da’vogar A.T. manfaatiga 48 000 000 so'm penya, 15 000 000 so’m ma’naviy zarar va pochta xarajati jami 63 000 000 so'm undirib berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarilib, muammo ijobiy hal qilindi. 
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00