28.04.2023
Xorazm viloyati Shovot tumani “Bog‘bon” mahallasida yashovchi fuqaro R.N tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro 2021-yilning 25-yanvarida onlayn tarzda omonat puli qo‘yish uchun Shovot tumanida joylashgan Mikrokreditbankga borgan va bank xodimi onlayn tarzda fuqaroning omonat pulini qabul qilgan. Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2022-yilning fevral oyida murojaatchi omonatga qo‘yilgan pullarini so‘raganda bank xodimlari pullar bank kompyuteriga tushgani, lekin qayerga ketgani noma'lum ekanini aytgan.
Murojaat bo‘yicha tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, bank rahbariyatiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, omonat pullari iste’molchiga qaytarib berildi.