
08.08.2024
Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro А.G. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2024-yil 19-iyul kuni tuman markazida faoliyat yurituvchi "Turbo" MChJ savdo markazidan 4 600 000 soʼmga elektroskuter sotib olgani lekin u bir hafta o‘tmasdan, nosoz holga kelib qolgani, sotuvchi esa turli bahonalarni roʼkach qilib, fuqaroni ovora qilayotganini ma'lum qilib, ushbu masalaning hal etilishida amaliy yordam so'ragan.
O‘rganishlar davomida elektroskuterning haqiqatan ham nosoz ekanligi aniqlandi va savdo markazi maʼmuriyatiga jamiyat faoliyati, jamiyatning isteʼmolchilar huquqlari himoyasi yo‘lida olib borayotgan xayrli ishlari hamda O‘zbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida"gi qonuni talablari yuzasidan toʼliq tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, "Turbo" MChJ maʼmuriyati tomonidan nosoz elektroskuterga turli ehtiyot qismlari oʼrnatilib, bepul taʼmirlab berildi va fuqaro huquqi himoyasi taʼminlandi.