Telegram-bot Virtual qabulxona

21.01.2025

Nosoz elektr suv isitgich bepul ta'mirlab berildi

2025-yilning 15-yanvar kuni Navoiy shahrida yashovchi fuqaro P.B O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro elektr suv isitgich (ariston) nosoz holatga kelib qolgani bois, servis markaziga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qilib, ta’mirlab berishlarini so‘ragan, ammo servis xodimlari tomonidan kafolat davri ichida bepul ta’mirlab berilmayotganidan norozilik bildirgan.

Mazkur murojaat Karmana tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi va xizmat ko‘rsatish markazi xodimlariga iste’molchining huquqlari batafsil tushuntirilgach, nosoz ariston kafolat davri ichida bepul ta’mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00