Telegram-bot Virtual qabulxona

03.07.2023

"Lacetti" avtomobili o'z egasiga yetkazildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani "Balandchayla" mahallasida yashovchi fuqaro E.U. Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Maʼlum boʼlishicha, fuqaro 2022-yilning 22-avgustida Qarshi tumanida joylashgan "АVTORUM" MChJga qarashli avtosalon bilan "Lacetti" rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtirgan. Shartnoma shartlariga koʼra, transport vositasi qiymatining 50 foizi, yaʼni 65 million 570 ming soʼm toʼlovni amalga oshirgan. Shartnomada avtomashina 2023-yilning 31-martiga qadar isteʼmolchiga yetkazib berilishi belgilangan boʼlsa-da, shu vaqtgacha "Lacetti"dan darak bo'lmagan.

Murojaatni oʼrganish jarayonida amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik hamda isteʼmolchi va avtosalon oʼrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, avtomashina isteʼmolchiga yetkazib berilishi taʼminlandi va kechiktirilgan har bir kun uchun avtosalon hisobidan isteʼmolchi foydasiga 268 ming soʼm penya toʼlanadigan boʼldi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00