Telegram-bot Virtual qabulxona

17.02.2025

Salkam 33 million so`mlik nosoz elektromuravey sifatlisiga almashtirib berildi

Chust  tuman  iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro X.X. nomidan kelib tushgan murojaat o`rganib chiqildi.

Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Chust tumanida joylashgan "Imkon" savdo do`konidan qiymati salkam 33 million so'm bo'lgan elektromuraveyni bir yillik muddatli to'lov asosida xarid qilgan. Ammo mazkur elektromuravey bir hafta ichida nosoz holatga kelib qolgan.

Tuman jamiyati xodimlari do`kon ma`sullariga qonun doirasida tushuntirishlar olib borib, iste`molchi talabini qanoatlantirishdi, ya'ni nosoz elektromuravey sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00