Telegram-bot Virtual qabulxona

25.02.2025

Ko'rsatilmagan xizmat uchun to'langan 3 million so'm mablag' iste'molchiga qaytarildi

Taxiatosh tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o'z uyini ta'mirlatish maqsadida Qorao'zak tumanida yashovchi ustalar bilan og'zaki kelishuv qilib, xizmat haqini to'liq oldindan to'laydi. Ammo ustalar ishni boshlab, bir necha kundan keyin telefonlarini o'chirib, ishlariga kelmay qo'yadi. Ulardan bir hafta darak bo'lmaganidan so'ng, iste'molchi Qoraqalog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga og'zaki murojaat qiladi.

Iste'molchining murojaati tegishliligi bo'yicha Qorao'zak tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganib chiqilib, ustalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ustalar ishlarini oxiriga yetkazib bera olmasligini bildirib, iste'molchining xizmat haqi uchun to'lagan 3 million so'm to'lovini qaytarib berishdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00