Telegram-bot Virtual qabulxona

09.04.2025

Qonuniy huquqlar sudda himoya qilindi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro S.Sh. Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga buzilgan huquqini tiklash uchun murojaat qoldirgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilganda fuqaro M.Sh. 27.07.2019-yilda  “M.Q.D” MCHJ bilan 3 ta shartnoma imzolagan bo’lib, shartnomaga asosan Buxoro shahar I.Mo’minov ko’chasida qurilayotgan ”B.S.M.”dan  har bir shartnomaning bahosi 57 760 000 so’mdan jami 3 ta shartnoma bo’yicha umumiy 173 280 000 so’mlik rastalarni qurib berishga kelishilgan, shartnoma shartlariga ko’ra savdo do’koni 2019-yil 31-dekabriga qadar qurib bitkazilishi va rastalarni rasmiylashtirish uchun topshirishini o’z zimmasiga olgan,  iste’molchi S.Sh. shartnoma shartiga asosan shartnomaning umumiy bahosi 173 280 000 so’mni MCHJ bank hisob raqamiga ko’chirib bergan, ammo hozirgi kunga qadar MCHJ shartnoma shartlarini qo’pol ravishda buzib kelayotganligi ya’ni rastalarni 3- shaxsga topshirganligi aniqlangan.  

Iste’molchi murojaatida MCHJdan shartnoma majburiyati to’liq bajarishini so’rab murojaat qilgan ammo zoye ketganligi sabab jamiyatga buzilgan huquqini tiklab berishni so’ragan hamda iste’molchi huquqi sudda himoya qilinib, sudning hal qiluv qaroriga ko'ra da'vo talabi qanoatlantirilgan. Da’vogar S.Sh. manfaatiga   115 520 000 som asosiy qarz, 44 000 000 so’m penya, 15 000 000 so’m ma’naviy zarar va pochta xarajati jami 174 557 500 so'mni undirib berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarilib, muammo ijobiy hal qilib berildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00