
09.08.2023
Har bir shahar, tuman hattoki chekka-chekka qishloqlarda ham hozirgi kunda yangi dizayndagi uylar va zamonaviy binolarga ko‘zingiz tushadi. Lekin ko‘zni qamashtiruvchi bezaklar bilan bezalgan uylarning qurilish jaroyini qanday ketganligini va ishlatilgan xom ashyolarning nechog‘lik talabga javob berishini faqatgina shu qurilishlardan uy sotib olgan fuqarolargina bilishadi xolos.
Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zarafshon shahar 12-kichik tuman 43-uy 31-xonadonda yashovchi fuqaro N.M. yangi qurilayotgan uylardan norozi holatda murojaat qildi.
Gap shundaki, fuqaro Zarafshon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi qurulish firmasidan uy sotib olish maqsadida boshlang‘ich to‘lov sifatida 45 000 000 (qirq besh million) so‘m to‘laganligi ammo o‘rtadagi shartnoma o‘zaro kelishmovchiliklar sababli tugatilgan. Ammo fuqaro firma tomonidan ushbu mablag` qaytarib berilmayotganligidan noroziligini bildirib o‘tgan.
Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va ushbu qurilish firmasiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi va fuqaroning uy uchun boshlang‘ich badal sifatida to‘lagan 45 000 000 (qirq besh millon) so‘m to‘liq shaklda fuqaroga qaytarib berildi. Yana bir muammo o‘z yechimni topdi.