Telegram-bot Virtual qabulxona

10.07.2024

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Ichimlik suvi uchun kommunal to‘lovlarni to‘lash har bir fuqaroning burchi. Lekin to‘lov miqdori xato hisoblangan bo‘lsa, uni to‘lashni hech kim xohlamaydi, albatta. 

Konimex tumani "Do‘stlik" mahallasi 54-uyda yashovchi fuqaro B.T.ning xonadoniga suv ta'minoti korxonasi tomonidan 1 500 000 so‘m qarzdorlik haqida ogohlantirish xati yuborilgan.  U mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojat qilgan. 

Uning mazkur arizasi Konimex tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Jarayon davomida murojaatchining qarzi aslida, 415 000 so‘mni tashkil etishi aniqlandi va bu summa fuqaro tomonidan to'lab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00