Telegram-bot Virtual qabulxona

26.06.2023

Iste'molga yaroqsiz mahsulot sifatlisiga almashtirildi

Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Gʻurumsaroy" MFYda yashovchi fuqaro M.Sh.dan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro tumandagi dorixonalarning biridan 188 ming soʻmga "HIPP comfort" nomli bolalar kashasini xarid qilgan. Lekin mahsulot isteʼmolga yaroqsizligi sabab, doʻkon sotuvchisiga qaytarib olib borilganda to'langan pul qaytarib berilmagan.

Ushbu holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish o'tkazilib, sotuvchilarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, xarid qilingan mahsulot sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00