Telegram-bot Virtual qabulxona

03.06.2022

Yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar savdosiga chek qo`yildi

    Pop shahar “Mustaqillik” MFY  “San’atkor” ko`chasida yashovchi fuqaro S.M O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Pop shahrida joylashgan oziq-ovqat savdo do`konidan iste’mol uchun mahsulot sotib olgan. Lekin iste’molchi xarid qilgan  mahsuloti sifatsiz ekanligini va yaroqlilik muddati o`tganligi ma’lum bo`lgan. Bundan qattiq  norozi bo`lib, murojaat qilishga qaror qilgan.                                                                                                                                                                                Ushbu murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari va tuman DSEONM xodimlari hamkorligida o`rganildi. O`rganish jarayonida haqiqatdan ham savdo do`koni rastalarida yaroqsiz mahsulotlar borligi ma’lum bo`ldi. Jamiyat mutaxassislari  tuman DSEONM xodimlari ishtirokida savdo rastalarida joylashgan yaroqsiz 23 turdagi  mahsulot borligini aniqlashdi. Ushbu mahsulotlarning barchasi savdo rastalaridan olib tashlandi. Ushbu holat yuzasidan do`kon rahbariga qonuniy tartibda  tushuntirish va ogohlantirish berildi, yaroqsiz mahsulotlar savdosiga chek qo`yildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00