Telegram-bot Virtual qabulxona

28.09.2023

1 638 000 so'mlik mikroto'lqinli pech boshqa rusumlisiga almashtirildi

Namangan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Katta Toshbuloq" MFY "Anjirzor" koʻchasida yashovchi fuqoro N.M.dan murojaat kelib tushgan.

Murojaat mazmuniga koʻra,  fuqoro Namangan tumani markazida joylashgan "Artel" savdo doʻkonidan 1 638 000 so'mga mikrotoʻlqinli pech xarid qilgan. Ammo fuqaro oʻz tanlovi asosida sotib olgan "Artel" markali mikrotoʻlqinli pech oʻrniga "Volmer" nomli pech yetkazib berilgan. Sotuvchi esa tovarlarning bir-biridan hech qanday farqi yoʻqligi va narxi bir xil ekanini vaj qilib, fuqaroning talabini bajarmagan.

Yuqoridagi holat isteʼmolchining noroziligini keltirib chiqargan. Jamiyat tomonidan oʻrganish ishlari olib borilishi natijasida, isteʼmolchining 1 638 000 soʻmlik mahsuloti ayni oʻzi istagan markadagi mikrotoʻlqinli pechga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00