15.04.2024
Qamashi tumani "Langar" qishlogʻida yashovchi fuqaro Ch.I. Kitob tumanida joylashgan “Idea” savdo doʻkonidan 3 million 200 ming soʻmga “Smart” rusumli televizor sotib oladi. Ammo undan foydalanish jarayonida nosozliklar aniqlanadi. Televizordagi nuqsonni koʻrsatilgan servis xizmati orqali bartaraf etishning imkoni boʻlmaydi. Sotuvchi esa sifatsiz mahsulotni almashtirishdan bosh tortadi.
Fuqaroning bu bo'yicha Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha oʻrganilib, kafolat muddati davomida nosoz holga kelgan televizor sotuvchiga qaytarildi va iste'molchiga boshqa shu rusumdagi sifatli televizor olib berilishi ta'minlandi.