Telegram-bot Virtual qabulxona

19.02.2025

Nosoz konditsioner sifatlisiga almashtirib berildi

Navbahor tumani "Karvon" mahallasida yashovchi fuqaro M.Y. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qoʻngʻiroq qilib, tuman markazida joylashgan "Marvarid" savdo doʻkonidan sotib olgan "Shivaki" rusumli konditsioner sifatsiz chiqqanidan norozi ekanini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam ko'rsatilishini so'raydi.

Mazkur murojaat Navbahor tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi va tadbirkorga "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari tushuntirildi. Olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida, fuqaroning haqli talabi qondirilib, nosoz konditsioner sifatlisiga almashtirib berildi.

Bu kabi murojaatlarning hal etilishi isteʼmolchilarning huquqlari qonuniy asosda himoyalanishini yana bir bor tasdiqlaydi. Federatsiya jamoasi barcha isteʼmolchilarga shuni eslatadiki, har qanday mahsulot yoki xizmat sifatsiz boʻlsa, uni almashtirish yoki pulni qaytarib olish huquqiga egasiz. Sizning biror bir sohada iste'molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qiling. Unutmang, sizning huquqlaringiz qonun himoyasida!


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00