20.04.2023
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Paxtazor mittitumanida yashovchi fuqaro A.R. tomonidan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda qayd etilishicha, fuqaroga tegishli xonadonda 2018-yil fevral oyidan buyon hech kim istiqomat qilmaydi va ichimlik suvidan foydalanmaydi. Biroq shunga qaramasdan, murojaatchining marhum onasi nomiga “Qashqadaryo suv taʼminoti” MChJ Qarshi shahar filiali tomonidan 2 million 741 ming so‘m noqonuniy qarzdorlik hisoblangan.
Murojaat Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, marhum nomiga hisoblangan asossiz qarzdorlik to‘liq bekor qilinishi va ichimlik suvi abonenti marhumning o‘g‘li nomiga rasmiylashtirib berilishi taʼminlandi.