Telegram-bot Virtual qabulxona

04.03.2024

Federatsiya delegatsiyasining Malayziya Respublikasidagi ishchi safari tafsilotlari

Malayziya isteʼmolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FOMCA) prezidenti Marimutu Nadason taklifiga ko'ra, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda uning hududiy tuzilmalaridan iborat delegatsiya 2024-yilning 24-29-fevral kunlari Malayziya davlatida xizmat safarida boʻldi.

Ishchi safari davomida federatsiya vakillari Halol mahsulotlar tadqiqot instituti hamda institut qoshidagi labaratoriyalar faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, institut direktori professor Awis Kurniy prezentatsiyasi tinglandi.

Malayziya oliy ta'lim muassasalari talabalariga iste'molchilik sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan masalalar PUTRA universiteti inson ekologiyasi fakulteti "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish" kafedrasi misolida tanishtirildi. Uchrashuvda fakultet dekani Afida Mastura Muhammad Arif prezentatsiyasi tinglandi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolari hamda Malayziya iste'molchilar va oila iqtisodi assotsiatsiyasi prezidenti professor Ahmad Hazira, Iste'molchilar milliy moslashish markazi, Malayziya suv va energiya assotsiatsiyasi vakillari o'rtasida uchrashuvlar tashil etildi.

Uchrashuvlar davomida Malayziya Ichki savdo va yashash xarajatlari vazirligi Iste'molchilar siyosati departamenti direktori yordamchisi Fuzail Muhammad  Malayziya iste'molchilar huquqlarini himoya qilish milliy strategiyasi haqida ishtirokchilarga keng tushuncha berdi.

Malayziya iste'molchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi vitse prezidenti va yuridik maslahatchisi Indrani Turaysingem boshchiligida Malayziya davlatining Kezal shtati Lankovi orollarida xorijiy turistlarning iste'molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish masalalari o'rganildi.

Shuningdek, ishchi safari yakunida Malayziya iste’molchilar assosiatsiyalari federatsiyasi (FOMKA), iste’molchilar shikoyatlari milliy markazi (NCCC), iste’molchilar ilmiy-resurs markazi (CPPC) va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur anglashuv tadbirida O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev ishtirok etdi. 

Ushbu kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek tomonlarning tegishli milliy qonunlari va qoidalariga muvofiq ilmiy va innovasion loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Tomonlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning muhim masalalari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi:
* iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va chora-tadbirlar bo‘yicha tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish;
* fuqarolarning tegishli huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tajribalar almashish;
* xalqaro ommaviy tadbirlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va treninglar o‘tkazish;
* iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tajribalarni almashish.

Kelishuv doirasida qo‘shma loyihalar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishiga kelishib olindi:
* axborot va tadqiqot almashish;
* iste’molchi va treyderga transchegaraviy operatsiyalarda o‘z nizolarini o‘zaro maqbul hal etishga yordam berish.
* qo‘shma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish;
* ekspertlar va delegatsiyalar almashinuvi;
* uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Kelgusida O‘zbekiston hamda Malayziyada iste’molchilarning transchegaraviy murojatlari ko‘rib chiqilishi ta’minlanishiga erishildi.

Muxtasar qilib aytganda, ushbu memorandum ikki davlat fuqarolarining  iste’molchi sifatidagi huquqlari to‘liq himoyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ma’lumot uchun, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda Xalqaro iste'molchilar tashkiloti (Consumers International) a'zoligiga qabul qilingan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00