Telegram-bot Virtual qabulxona

10.11.2021

“Sayyoh - 2021” xalqaro forumi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Jamiyat-islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoni va natijadorligi toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazilishida koʻmaklashish maqsadida, Federatsiya tomonidan xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan forumlar, uchrashuvlar va boshqa ijtimoiy ahamiyati loyihalar asosida tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday nufuzli anjumanlarning navbatdagisi, Federatsiya tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25-noyabr kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlari jadal tarzda olib borilmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turizm oshiruvchi faoliyatni kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʻmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga tusqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan isteʼmolchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga qadar sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. Federatsiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni oʻrganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish,  xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ulkan rol oʻynaydi. Bir soʻz bilan aytganda, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mamalakatimizning boy tarixi va bugungi rivojlanishlar bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishda Forumning oʻz oʻrni bor.
Qayd etish joizki, “Sayyoh - 2021” xalqaro forumida Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International) prezidenti Marimutu Nadasan hamda bosh direktori Xelena Loran, Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi boshqaruvchi raisi Dimitriy Yanin va oltmishga yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ushbu forumda xalqaro tashilotlarning bu kabi vakillarining ishtiroki mamalakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlarni keng ommaga targʻib etishda, rivojlangan mamalakatlarning bu sohadagi tajriba va yutuqlarini oʻrganishda ulkan imkoniyat boʻlib xizmat qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00