Telegram-bot Virtual qabulxona

22.06.2023

1 million 660 ming so'm pul mablag'i o'z egasiga qaytarildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro M.Q. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2019-yilda “Intelligent Trading House” MChJga qarashli “Oila market” savdo do‘konidan kredit asosida uyali aloqa vositasini sotib olgan va belgilangan muddatda barcha to‘lovlarni amalga oshirgan. Kredit qarzdorligi 2021-yilda tugatilgan bo‘lsa-da, shu yilning may oyida MChJ tomonidan murojaatchi plastik kartasidagi 1 660 000 so‘m pul mablag‘i hech qanday ogohlantirishsiz yechib olingan.

Holat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, MChJga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, 1 million 660 ming so'm pul mablag‘i o‘z egasiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00