Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2024

Kelin libosi uchun to`langan pul mablag`i xaridorga qaytarildi

Kuni kecha Samarqand viloyat Samarqand shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan  fuqaro Sh.J. nomidan kelib tushgan murojaati o`rganib chiqildi.

Murojaatda bayon etilishicha fuqaro Sh. J.  Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi "Sevinch" kelinlar salonidan umumiy qiymati 300 AQSH dollari bo`lgan kelin libosini xarid qilib, oldindan 100 AQSH dollarini to`lab libosni olib ketadi. Ammo libosga uyga borib yaxshilab razm solganida libosning ayrim jihatlari xaridorga ma`qul kelmaydi. Natijada fuqaro ertasi kuniga libosni do`konga qaytarib beradi va unga libos to`g`ri kelmaganini tushuntiradi. Ammo do`kon sotuvchilari libos uchun to`langan to`lovning bir qismi (100 AQSH dollar) ni qaytarib berishni paysalga soladi. 

Holatdan norozi bo`lgan fuqaro   Samarqand shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Vaziyat shahar jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o`rganadi. O`rganish natijasida tovarning iste`mol xususiyati buzilmagan, shikastlanmagan holatda ekanligi aniqlanadi. 

Ma`lumki, bu holatning huquqiy yechimi ayrim qonunlarimizda ham ochiqlab qo`yilgan. Masalan O`zbekiston Respublikasi "Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi Qonunining 18 –moddasiga binoan "Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, tovarning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim" deb belgilab qo`yilgan. 

Jamiyat xodimlari do`kon ma`muriyatiga tegishli tartibda tushuntirishlar berganidan so`ng libos uchun to`langan pul mablag`i to`laligicha xaridorga qaytarilishiga erishildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00