Bog'ot tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Mehnatguli" mahallasida yashovchi fuqaro X.X. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, iste'molchi tuman markazida joylashgan "Ishonch" savdo do'konidan 4 030 000 so'mga telefon sotib olgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmasdan, ushbu aloqa vositasi nosoz holga kelib qolgan.
Murojaat bo'yicha tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, savdo do'koni ma'muriyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz telefon sifatlisiga almashtirildi.