Telegram-bot Virtual qabulxona

19.08.2021

Isteʼmolchi ikki yarim million soʻm qarz majburiyatidan xalos boʻldi

Federatsiyaning Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan Qoʻchqorchi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Yu. Mullajonovning yozma murojaati oʻrganildi. Isteʼmolchi murojaatida iddao qilinishicha, shahar gaz idorasi uning xonadoniga nisbatan 2 669 880 (ikki million olti yuz oltmish toʻqqiz ming sakkiz yuz sakson) soʻm miqdorida asossiz qarz majburiyatini yuklagan. Oʻrganish jarayonida murojaatchi xonadoniga yangi gaz hisoblagich oʻrnatilganligi, isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovlar yil davomida oʻz vaqtida amalga oshirib kelinganligi va joriy yilning shu vaqtiga boʻlgan real qarzdorlik 78000 (yetmish sakkiz ming) soʻmni tashkil etishi maʼlum boʻldi. Oʻrganish natijalari bilan oshiqcha hisoblangan qarzdorlik asossiz deb topilishiga, oʻrganish maʼlumotnomasi va qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida qarzdorlikni Billingaz bazaviy dasturidan chiqarilishiga, shuningdek shahar gaz taʼminoti idorasi xodimlari tomonidan 2021-yil 2-avgust kuni tuzilgan dalolatnomani bekor qilinishiga hamda isteʼmolchining real qarzdorligiga aniqlik kiritib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00