
27.09.2023
Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand viloyati Paxtachi tuman "Burqut" mahallasida yashovchi fuqaro S. M. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, iste'molchi shahar markazidagi "Gulobod" savdo majmuasida joylashgan do'kondan 750 AQSh dollariga "Iphone 12 pro Max" rusumli telefon sotib olgan. Ammo u sifatsiz bo'lib chiqqan. Savdo do'koni xodimlari esa fuqaroning e'tirozini bee'tibor qoldirishgan.
Murojaat bo'yicha shahar jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilganida, haqiqatdan ham telefoning nosoz ekanligi, ya'ni ayrim qismlari almashtirilib, ta'mirlab sotilganligi aniqlanib, savdo do'koni ma'muriyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, sifatsiz telefon uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga to'liq qaytarildi.