Telegram-bot Virtual qabulxona

31.01.2024

14 million so'mlik nosoz suv isitgich bepul ta'mirlab berildi

Xiva shahar "Kelajak sari" ko'chasi 1-uyda yashovchi fuqaro R.E. Urganch tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Urganch tumanida joylashgan "Yevro Santex Chenter" savdo do'konidan 14 000 000 so'mga xarid qilgan suv isitgichning o'chirib yoqadigan avtomati ishlamagani sababli, tadbirkordan almashtirib berishini so'ragan, biroq 3 oydan buyon haligacha almashtirib berilmagan.

Fuqaroning murojaati yuzasidan tadbirkor bilan uchrashilib, qonuniy tushuntirish olib borilishi natijasida, fuqaroning nosoz suv isitgichi bepul ta'mirlab berildi. Iste'molchining jamiyatga qilgan murojaati ijobiy hal qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00