
24.01.2024
Joriy yilning 17-yanvar kuni Jizzax viloyati Jizzax shahri “Tinchlik” MFY da yashovchi fuqaro J.SH. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Jizzax shahridagi “Korzinka” savdo majmuasidan 3 million 800 ming so’mlik telefon sotib olgan, ammo oradan bir kun o’tgach, telefon apparatining quvvatlash qismida nosozlik kuzatilgan. Iste'molchi ushbu nosoz telefonni do'konga qaytarib olib borganida, sotuvchi sotilgan buyumlar qaytarib olinmasligini ma’lum qilgan.
Holat Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o’rganildi. Yakunda, fuqaro sarflangan 3 million 800 ming so’m pul mablag’i qaytarib berildi.