22.09.2021
Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro M.O tomonidan kelgan oʻlib, unda qayd etilishicha isteʼmolchi, Buxoro shahrida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkondan 2021-yil fevral oyida oʻz extiyoji uchun 4.200.000 (toʻrt million ikki yuz ming) soʻmga “Oynali muzlatgich” (vitrina xolodilnik) ni sotib olgan. Savdo doʻkoni tomonidan ushbu muzlatgichga bir yillik kafolat berilgan boʻlib shu davr mobaynida maishiy texnikasiga biror bir nuqsoni chiqgan taqdirda savdo doʻkoni ustalarining oʻzlari kelib taʼmirlab berishlarini bildirilgan. “Oynali muzlatgich” maishiy texnikasi olib kelingandan soʻng, bir hafta mobaynida isteʼmolchi muzlatgich talab darajasida ishlamayotganligidan norozi boʻlib savdo doʻkoniga telefon orqali murojaat qilgan. Savdo doʻkoni tomonidan bir oy davomida ikki marotaba usta joʻnatilib muzlatgich taʼmirlangan, ammo isteʼmolchi murojaati toʻliq qodirilmagan. Savdo doʻkoniga qayta-qayta murojaat qilishdan charchagan fuqaro (isteʼmolchi) M.O. Federatsiyasiga murojaat qilishga majbur boʻlganini aytib oʻtgan.
Murojaat Kogon tumani jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilishi natijada isteʼmolchiga muzlatgich uchun toʻlangan jami 4.200.000 (toʻrt million ikki yuz ming) soʻm mablagʻ qaytarilishiga erishildi.