Telegram-bot Virtual qabulxona

03.08.2023

Firibgarlik yo`li bilan tuzilgan shartnoma ko`pga bormadi

Ostona xatlab ko`chaga chiqar ekanmiz, shubhasiz, har birimiz turli munosabatlar ishtirokchisiga aylanamiz. Sotuvchi va xaridor o`rtasidagi munosabat ham shular jumlasidan. Bu ikki tarafning uzoq vaqt hamkorlik qilishining eng asosiy sharti, albatta halollikdir. Ammo, guruch kurmaksiz bo`lmagani kabi halollikni bir chetga surib, iste`molchilarni aldab, daromad topishni kasb qilib olgan sotuvchilar ham yo`q emas.

Jarqoʼrgʼon tuman “Maslahattepa” MFYda yashovchi fuqaro J.B. doʼkon sotuvchilari maishiy texnika mahsulotlari bir yil davomida foizsiz deb, aldov yoʼli  bilan tuzgan shartnomasini bekor qilib berishni soʼrab, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qildi. Murojaatga asosan, Qumqo‘rg‘on tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan holat o`rganib chiqildi. Natijada “GOLD PROGRESS TREDE 777” MChJga qarashli “Аrtel” savdo doʼkonida fuqaro J.B. bilan “GOLD PROGRESS TREDE 777” MChJ oʼrtasida maishiy texnika mahsulotlari olish uchun 12.750.000 soʼmlik onlayn kredit shartnomasi tuzilganligi maʼlum boʼldi.

Yakunda fuqaro J.B. bilan “GOLD PROGRESS TREDE 777” MChJ o‘rtasida tuzilgan 12.750.000 soʼmlik onlayn kredit shartnomasi Qumqo‘rg‘on tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00