Telegram-bot Virtual qabulxona

19.10.2023

Fuqaroning 3 million so‘mdan ortiq pul mablag'i qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Toshkesar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi M.Sh.ning "Gano Shifo" kompaniyasi xodimi tavsiyasi asosida sotib olgan biologik faol ozuqaviy qo‘shimcha bo‘lgan mahsulotning sog‘ligiga nojo‘ya ta'sir qilganligi sababli sotuvchiga qaytarilishi va pulini qaytarib olishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u sog‘ligini tiklash maqsadida kompaniya vakilining tavsiyasi bilan 3 150 000 so‘mlik biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar paketini xarid qilgan. Lekin mahsulot iste'molidan so‘ng, o‘zini yomon his qilib, tobi qochgani sababli mahsulotlarni sotuvchiga qaytarib bergan bo‘lsa-da, pullarini qaytarib ololmagan.

Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish doirasida kompaniyaning Toshloq filiali mas'ul xodimi bilan suhbatlashganlarida iste'molchining bu yerdan yuqorida ko‘rsatilgan summaga mahsulot xarid qilganligi, uni qaytarganligi faktlari o‘z tasdig‘ini topdi. Natijada, kompaniya xodimlari bilan bu borada olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlaridan so‘ng, iste'molchiga 3 150 000 so‘m pul mablag‘ini to‘liq qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00