Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2023

45 mln 875 ming so'm iste'molchi foydasiga hal etildi

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining Telegram botiga Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.Y. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Ma'lum bo'lishicha, fuqaro 2023-yil 23-yanvar kuni “Umidavto” lizing kompaniyasining Namangan shahar filiali bilan lizing asosida avtomashina sotib olish uchun shartnoma tuzib, 45 875 000 (qirq besh million sakkiz yuzi yetmish besh ming) soʻm qisman toʻlov amalga oshirgan. Ammo bir kun o'tib, ushbu kompaniya shartnoma shartlarini vaqtida bajarmayotganligi haqida turli manbalardan xabar topgan va toʻlagan pullarini qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaat etgan.

Holat yuzasidan Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati masʼul xodimlari tomonidan “Umidavto” lizing kompaniyasi rahbariyatiga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi va natijada fuqoro M.Y. tomonidan to'langan 45 875 000 soʻm toʻliq qaytarilishga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00