
01.11.2024
Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro A.Q. shaharning "Xonqa" ko’chasida joylashgan “IMZO” MCHJga deraza va rom uchun buyurtma berib, 11 000 000 so’m to’lov qilgan, ammo shartnomada ko’rsatilgan muddatga amal qilinmagan. Shu sababli pulini qaytarib olishda amaliy yordam berishni so’rab, Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Mutaxassislar tomonidan murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi. O’rganish jarayonida murojaatdagi holatlar haqiqatligi aniqlandi va 2024-yil 29-oktyabr kuni “IMZO” MCHJ tomonidan iste’molchi puli to’liq qaytarildi.