13.03.2024
Toshkent shahar Yangi hayot tumani "Chortoq" koʻchasi Sergeli aeroportida joylashgan “Humo air” aviakompaniyasi ish faoliyatida boʻlayotgan tushunmovchiliklar fuqarolar noroziligini keltirib chiqardi.
Jumladan, bu bo'yicha Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyalari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga federatsiyaning hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Respuplika Bosh prokraturasi ishonch telefonlari orqali fuqarolarning arizalari kelib tushgan.
Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi S.Mirzadiyarov va Sergeli tuman jamiyati v.v.b raisi I.Tashpoʻlatov bilan hamkorlikda “Humo air” kompaniyasi faoliyati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. “Humo air” kompaniyasi rahbari bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, iste’molchi Ismatova Manzuraga 1 158 000 (bir million bir yuz ellik sakkiz ming) so'm, iste’molchi Sagdullayev Jaxongirga 450 880 (toʻrt yuzi ellik ming sakkiz yuz sakson) so'm pul mablag'lari toʻliq qaytarildi. Shuningdek, mart, aprel oylarida yoʻlga qoʻyilgan reyslar tartibga solindi.