Telegram-bot Virtual qabulxona

25.08.2023

Jamoatchilik eshituvlari xalq muammolarini bartaraf etishning muhim tamoyilidir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-sonli "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash, davlat tashkilotlari faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hisobotlarini tahlil qilish va aholi muammolarini tizimli bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilmoqda.

Romitan tuman jamiyati raisi SH.Radjabov va Hududgaz Buxoro GTF Romitan tuman bo‘limi, Romitan tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Joriy yilda amalga oshirilayotgan amaliy dasturlar, hisobotlar tinglandi. Aholi turmushida zaruriy sanalgan tabiiy gaz hamda suyultirilgan gaz balonlarini sifatli yetkazib berish yuzasidan takliflar, tavsiyalar berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00