Telegram-bot Virtual qabulxona

23.06.2023

Aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan monitoring ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlash maqsadida respublika bo'yicha sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni sotayotgan savdo obyektlarida monitoring ishlari olib borilmoqda.

O'rganish natijalariga ko'ra:

Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanida faoliyat yurituvchi YaTT Utegenova Moldirga tegishli savdo do'koni ko‘zdan kechirilganda jami 877 500 so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tib ketgan oziq-ovqat mahsulotlari borligi, bundan tashqari, ishlab chiqarilgan joyi, manzili va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan shirinliklar va veterinariya ma’lumotnomasi mavjud bo‘lmagan go‘sht mahsulotlari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ellikqal’a tumani dehqon bozori hududida joylashgan 36-savdo do‘konida esa yaroqlilik muddati o‘tib ketgan 2 ta “Pantine”, 3 ta “Chesnok” markali shampunlari, 6 ta “Milter”, 3 ta “Sirniy” moyonezlari va 2 dona ketchuplarning yaroqlilik muddatlari 2 oydan 6 oygacha o‘tib ketganligi aniqlandi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Dehqon bozori” MChJ hududidagi savdo do‘konlarida sotuvga qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlari o'rganilganda bir nechta mahsulotlarda, ya’ni, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, kolbasa va pishloqlar, saryog‘, qandolatchilik mahsulotlari, salqin ichimliklar va konserva mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sanalari, yaroqlilik muddatlari, ayrim kolbasa mahsulotlarining qadog‘ida esa mahsulot haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emasligi kuzatildi.

Buxoro viloyati “Jondor Chinor” MCHJga qarashli oziq-ovqat chakana savdo do‘konida 4.8 kg.lik yog‘ mahsuloti (20 dona), “Twix” shokoladi (11 dona), “Fusse” choyi (3 dona), “Bonaqua” gazsiz suvi (2 dona)ning hamda YATT Shirinova Xanifaga qarashli oziq-ovqat chakana savdo do‘konida “Sulsherjahon” kolbasa va sosiska mahsulotlari, “Multifrukt” ichimligi, “Maxeev” mayonez mahsulotlari hamda 21 ta “Mors” ichimliklarining yaroqlilik muddati o‘tganligi ma'lum bo'ldi

Jizzax viloyatida qassobchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Ziyovuddinov Farruxga tegishli qassobxonada o‘rganish o‘tkazilganda qassobxonada mavjud muzlatgichda jami 4 kg 650 gr miqdordagi yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotish uchun saqlanayotganligi, shuningdek, qassobxonalarda foydalanilayotgan tarozi og‘irlik o‘lchov vositalarining qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 6 ta chakana savdo subyektida va 1 ta sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexida o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati monitoringi natijasida jami 35 turdagi 1 445 500 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining hamda Koson tumanida joylashgan 6 ta savdo subyektida va 2 ta milliy shirinliklar ishlab chiqarish sexida jami 50 turdagi 2 686 500 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tgan holda savdoda mavjudligi kuzatildi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Ostonova Zamira” X/Kga tegishli savdo do‘konida 5 pachka aksiz markasi mavjud bo‘lmagan “Milano” sigareti sotilayotganligi, rastada chuchvara uchun mo‘ljallangan 5 dona ziravorning yaroqlilik muddati 1 yil o‘tib ketganligi, 12 dona “ZIYo” kefir mahsulotlarining qadog‘ida ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tatibdagi tadbirkor Qozoqova Kimyoxon Abduqaxxorovna ishtirokida savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganda kontrafakt tovarlari mavjud emasligi aniqlandi. Lekin 5 dona “Milk Chokolate” shokaladi, 3 dona “Keks”, 1 dona “Moloko”, 1 quti “Pechyenni Lazzet”, 20 quti “Lazzet” lapshalari va 4 dona 1 litrli “Sok” mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tib ketganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida savdo rastasidan oldirib tashlandi.

Samarqand viloyati Pastarg'om tumani “MEVA SABZAVOT” MCHJ hududida joylashgan Abdullaev Ravshanjonga tegishli bo‘lgan 17-do‘konida o‘rganish o‘tkazilganda xarid cheki umuman berilmayotganligi, nazorat kassa mashinasi, bank terminali hamda iste’molchi burchagi mavjud emasligi aniqlandi, shuningdek, ishlab chiqaruvchi mahsulotlarining saqlanish holatlari va qoidalariga rioya qilinmagan. Sotuvda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlar ham mavjud.

Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanidagi “Flesh energiya” savdo do‘konida yaroqlilik muddati 2023-yil 13-may kuni o‘tib ketgan “Xrutko” shkoladi sotilayotganligi kuzatildi. “Colget market” savdo do‘konidagi mahsulotlarning qadog‘ida ishlab chiqarilgan joyi, sanasi, yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan rulet, pechenye mahsulotlari sotilayotganligi kuzatildi.

Farg'ona viloyati Toshloq tumani hududida 37 ta savdo do‘konlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 11-moddasi oltinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishi holatlari qayd etildi. Xususan, 89 ta holatda aholiga realizatsiya qilinayotgan, umumiy qiymati 7 757 500 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyat hollarda, yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan holda sotilayotganligi, 11 ta holatda umumiy qiymati 1 052 000 so‘mlik, yaroqlilik muddatlari o‘tib ketgan mahsulotlarning mavjudligi kuzatildi.

Xorazm viloyati Xazorasp tumani, Navoiy ko‘chasida joylashgan “TOJIBOY OTА” savdo do‘konida o‘rganish jarayonida “PROSTOKVАSHINА Moloko” nomli 5 ta sut mahsuloti 2023-yil 4-iyun kuni, 5 ta “Kinder dilese” shirinligi 2023-yil 13-may kuni, 400 gr “Vafli araxis” 2023-yil 14-may kuni muddatlari o‘tib ketgan. Ushbu do‘konda “TOSHKENT GO‘JАSI” nomli qadoqdagi 2 ta go‘ja va “KLАSSICHESKАYA” smetanasida ishlab chiqarilgan joyi va sanasi ko‘rsatilmaganligi kuzatildi.

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00