
28.04.2023
Uzun tuman "Yangi kuch" mahallasi "Yangiobod" koʻchasida yashovchi fuqaro M.A. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Keltirilishicha, Uzun tumanida joylashgan "Uzun chinor agro" MChJ tomonidan fuqaro xonadonidagi 2 sotix yerga issiqxona qurilgan. 2023-yil yanvar oyida esa qattiq qor yog'gani sababli, issiqxona qulab tushgan. Fuqaro holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha marta murojaat qilsa-da, ijobiy natija boʻlmagan.
Murojaat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari o'tkazildi va nurab ketgan issiqxona ta'minotchi tomonidan 5 000 000 soʻmga ta'mirlab berildi.