
04.09.2023
Bilamizki, smartfonlar axborot almashinuvidagi asosiy qurilma sanalgani bois, ko‘pgina davlatlarda ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi nazoratga olingan. Jumladan, O‘zbekistonda ham UzMEI dasturi aynan shu vazifani bajaradi.
Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. 3 800 000 so‘m evaziga tumandagi dehqon bozorida joylashgan mobil qurilmalar do‘konidan Redmi Note 12 smartfonini xarid qilgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, smartfon UzMEI ro‘yxatidan o‘tmaganligi aniqlangan. Iste'molchi tadbirkorga murojaat qilishiga qaramasdan, muammo bartaraf etilmagan.
Shundan so'ng, fuqaro amaliy yordam berilishini so‘rab Olot tuman jamiyatiga yozma murojaat qoldirgan. Soha vakillarining shu kunning o‘zidayoq holatni o‘rganishi natijasida, smartfon UzMEI ro‘yxatidan o‘tkazilishiga erishildi.