Telegram-bot Virtual qabulxona

26.06.2023

24 million so'mlik elektrosikl bepul ta'mirlab berildi

Zarbdor tumani "Tinchlik" mahallasida istiqomat qiluvchi M.R. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Jizzax shahrida joylashgan "Master House" do‘konidan narxi 24 million so‘m bo‘lgan elektrosikl sotib olgan. Ammo unga sotuvchi tomonidan hech qanday kafolat xati berilmagan. Oradan bir oy vaqt o‘tmasdan, elektrosikl sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan. Na chek qog‘ozi, na kafolat xati bo‘lgan iste’molchining e'tirozlariga esa hech qanday javob bo'lmagan.

Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan "MASTER HOUSE GOLD TRIPLI" MCHJda o‘rganish ishlari o‘tkazilgach, elektrosikl servis kafolatlari dasturi doirasida bepul ta’mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00