Telegram-bot Virtual qabulxona

31.07.2024

Salkam 7 million so'mlik nosoz kir yuvish mashinasi bepul ta'mirlab berildi

Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro Q.M. tumandagi maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 6 million 840 ming soʻmga kir yuvish mashinasini bir yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan sotib oladi. Sotuvchi tomonidan ushbu maishiy texnika uchun bir yil muddatga kafolat beriladi. Ammo kir yuvish mashinasida kafolat muddati mobaynida nosozliklar kuzatiladi. Sotuvchi va ishlab chiqaruvchi esa oʻzlarining kafillik majburiyatlarini unutib, taʼmirlash ishlari pullik tartibda amalga oshirilishini maʼlum qilishadi.

Fuqaroning Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilab qoʻyilgan kafillik majburiyatlari tushuntirildi va nosoz maishiy texnika isteʼmolchiga bepul taʼmirlab beriladi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00