Telegram-bot Virtual qabulxona

08.06.2023

MChJdan sud orqali salkam 39 million so'm undirildi

Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi  fuqaro O.U. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 10 ta qo'y sotib olish uchun 2022-yil 22-dekabrda tumanda faoliyat yurituvchi “Yusufbek Halol Chorvalari” MChJ bilan shartnoma tuzgan. Unga asosan, MChJ hisobraqamiga "Xalq banki" tomonidan 30 million so‘m o'tkazilgan. Ammo shu vaqtgacha qo'ylar yetkazib berilmagan. Fuqaro MChJga bir necha marotaba murojaat qilsa-da, xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan muammo hal etilmagan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, “Yusufbek Halol Chorvalari” MChJ ning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga asosan, MChJ tomonidan "Xalq banki" Chortoq filialiga kredit foizi bilan jami 37 293 424 so'm, shuningdek, davlat foydasiga 1 491 736 so'm davlat boji undirildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00