25.08.2023
Davlatobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi № 38-sonli ta’lim tashkiloti xodimlari bilan «Iste’molchi hamisha haq» mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbir davomida ijro etuvchi apparat mutaxassis xodimlari tomonidan tizimda iste'molchilar huquqini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, hozirda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarni mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi .
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining ijrosini to'liq ta'minlash, shuningdek jamoada Federatsiyaning "Tayanch guruhlari"ni tashkil etish, ishchi xodimlarni a'zolikka jalb qilish borasida kelishib olindi.