
20.02.2025
Andijon viloyati Baliqchi tumani "Turkiston" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tomonidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqami orqali murojaat qoldirilgan.
Murojaatda aytishicha, fuqaro M.A.ning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog'iga ulangan bo'lib, fuqaro har oyda to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelgan. Avgust oyiga kelib, gaz hisoblagich nosoz holatga kelganligi sababli, tabiiy gaz uchun qilingan to'lov summalari tuman gaz unitar korxonasining abonentlar bazasida ko'rinmagan va 2024-yilning sentaybr, oktaybr, noyabr oylarida fuqaro istiqomat qilayotgan MFYga tabiiy gaz yetkazib berilmagan. Fuqaro M.A. xonadoniga esa tabiiy gazdan 4 million so'm asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Yuqorida aytib o'tilgan holatlar yuzasidan Baliqchi tuman jamiyati mutaxasisslari tomonidan o'rganish o'tkazilib, fuqaro M.A. xonadoniga hisoblangan 4 million so'm asossiz deb topilib, bekor qilinishiga erishildi.