Telegram-bot Virtual qabulxona

11.04.2023

Iste'molchi huquqlarini buzgan MChJdan sud orqali 129 million so'm undirildi

Jondor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Darvesh" mahallasida yashovchi fuqaro O.R. murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2019-yil 14-fevral kuni Buxoro shahridagi "DILIM NUR STROY" MChJ bilan Ibn Sino ko'chasida qurilayotgan ko‘p qavvatli uylardan birini sotib olish uchun shartnoma imzolagan. Unga asosan, murojaatchi jami 119 580 000 so‘m miqdorida to‘lov qilgan. Shartnomaga ko'ra, uyning qurilishi 2020-yilning 4-choragida yakunlashi belgilangan bo'lsa-da, shu kunga qadar qurilish tugatilmagan. Shu sababli, fuqaro shartnomani bekor qilib, to'langan pulini qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.

Jamiyat tomonidan holat bo'yicha tegishli hujjatlar tayyorlanib, fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, "DILIM NUR STROY" MChJdan iste’molchi foydasiga shartnomaga asosan to'langan 119 million 580 ming so‘m, 2 million so‘m penya va 2 million so'm manaviy zarar, shuningdek, davlat foydasiga 5 million 463 ming so'm davlat boji undirildi.
             


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00