Telegram-bot Virtual qabulxona

04.08.2023

Birinchi yarim yillikdagi faoliyat tahliliy-tanqidiy muhokama etildi

O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman shahar jamiyatlarining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash aʼzolari birma-bir amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari yuzasidan nutq so‘zlashdi.

Hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlarining 6 oylik faoliyatiga nazar soladigan bo‘lsak, fuqarolardan jami 327 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shularning 323 tasi (98%) ijobiy hal etilishi orqali isteʼmolchilar foydasiga 3.079.240.982 so‘m qayta hisob-kitob qilingan. Sudlarga daʼvo arizalari kiritish orqali esa 1.715.657.192 so‘m mablag‘ isteʼmolchilarga qaytarilganligi aytib o‘tildi. Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha Federatsiya aʼzolari 27158 nafarni tashkil etadi. Birinchi yarim yillikdagi faoliyat tahliliy-tanqidiy muhokama etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilib olindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00