
01.04.2024
Fuqaro Jizzax shahridagi "PARADISE" savdo majmuasida joylashgan "Media Park" do‘konidan 2 400 000 so'mlik rangli printer xarid qilmoqchi bo‘ladi. U AVO plastik kartasi orqali to'lov qilmoqchi ekanini ma’lum qilganida sotuvchi to‘lovni faqatgina naqd ko‘rinishida amalga oshirish kerakligini aytadi.
Shundan so‘ng, fuqaro Jizzax shahar IHHQ jamiyatining ishonch telefon orqali murojaat qilgan. O‘rganish natijasiga ko'ra, fuqaroning talabi qanoatlantirilib, AVO plastik kartasi orqali rangli printer xarid qilindi.