15.05.2023
Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2023-yil 11-may kuni Navbahor tumani “Saroy” MFY da yashovchi fuqaro S.Sh. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Navoiy shahridagi “TEXNOPLANET” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan avtomashinasi uchun 6 oy kafolat muddati bilan 670 000 so‘mga xarid qilgan akkumulyator kafolat muddati davrida nosoz holga kelib qolgan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan savdo do‘koni rahbariga iste’molchining iste’molchi sifatida huquqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunining tegishli moddalari yuzasidan tushunchalar berildi. Natijada, nosoz chiqqan akkumulyator savdo do‘koni tomonidan yangisiga almashtirib berildi.