Telegram-bot Virtual qabulxona

19.06.2023

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Namangan shahar Boburshoh ko'chasida yashovchi N.Sh. tomonidan shu yilning 12-iyun kuni shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Namangan shahridagi "Isfarxon" savdo majmuasida joylashgan do‘konlarning biridan 670 ming so‘mga 3 yil kafolat muddati bilan elektro pech sotib olgan. Ammo oradan ko'p o'tmay, ushbu maishiy texnika vositasi ishlamay qolgan. Do'kon xodimlari esa nosoz tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, savdo do'koni xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz elektro pech sifatlisiga almashtirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00